← Do‘konga qaytish

Maxfiylik siyosati

Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

Buyurtma berishda: ismingiz, telefon raqamingiz, yetkazib berish manzili va (agar o‘zingiz ruxsat bersangiz) joylashuvingiz. Telegram orqali kirsangiz — Telegram ID va foydalanuvchi nomingiz.

Nima uchun

Faqat buyurtmani qabul qilish, sovg‘ani yetkazib berish va siz bilan bog‘lanish uchun. Sovg‘a boshqa odamga yuborilsa, uning ismi va telefoni faqat kuryerga beriladi.

Kimga beriladi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi. Ularni faqat Sovella buyurtmani bajarish uchun ko‘radi; yetkazib beruvchi kuryerga faqat ism, telefon va manzil beriladi.

Saqlash

Ma’lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi. Sayt brauzeringizda savat, til va mavzuni eslab qolish uchun kichik fayllar (localStorage, cookie) ishlatadi.

Sizning huquqlaringiz

Ma’lumotlaringizni ko‘rish, o‘zgartirish yoki o‘chirishni so‘rashingiz mumkin — bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramda yozing.

Aloqa

+998995625515 · Telegram · Toshkent sh., Oloy bozori, go‘sht-sut pavilyoni, 2-qavat, «5 Yulduz» do‘koni